English O'zbekcha

MENyU

 

When I examine myself and my methods of thought, I come to the conclusion that the gift of fantasy has meant more to me than any talent for abstract, positive thinking.
Albert Einstein

vaqt



Saytga murojat



     
   
     

Loyiha maqsadi


Bu loyiha Yevropa Ittifoqining ТEMPUS dasturi doirasida amalga oshiriladi. Bu ikki yillik magistrlik programmasida ta’lim olgan talabalar quyidagi fanlarni ikki yil davomida o’zlashtiradilar:
1-chi yil o’qiladigan fanlar:

  • Injenerlar uchun Matematika I (Matematik modellashtirish)
  • Injenerlar uchun Matematika II (Matematik modellashtirish va muxandislik masalalarini xal etishda sonli usullardan foydalanish)
  • Vibratsiyalar
  • Chekli elementlar metodi (Finite element modeling)
  • Boshqaruv sistemalari va ularning tadbig’i
  • Ishlab chiqarish uchun mashina qismlarini loyixalash
  • Mexatronika
  • Qattiq jismlar mexanikasi

2-chi yil o’qiladigan fanlar:

  • CAD, CAE, CAM tizimidagi programma paketlari orqali modellashtirish
  • Kompyuter yordamida turli mexanik konstruksiyalarni hisoblash, programma paketlaridan foydalanish
  • Mexanik sistemalarni modellashtirish va injenerlik masalalarini sonli yechimini topishda kompyuterdan foydalanish va dasturlash
  • Ishlab chiqarish menejmenti
  • Dissertatsiya yoki loyiha (ishlab chiqarish jarayonlaridan olingan masala yechimi)

Ushbu magistrlik programmasini yakunlagan mutaxassislar kompyuter yordamida injenerlik masalalarini hal etish uslublarini, turli texnologik jarayonlarni kompyuter orqali modellashtirish va ularni yuqori aniqlikda hisoblash bilimlariga ega bo’lishadi.
Bu loyihada Yevropa Ittifoqidan Qirollik Тexnologiya Instituti- Shvetsiya, Тurin Politexnika Instituti- Italiya, va O’zbekistondan Тoshkent avtomobil yo’llari instituti, Jizzax Politexnika instituti, xamda UZAVТOYO’L konserni va Uzavtosanoat kompaniyalaridan professor-o’qituvchilari va mutaxassislari qatnashadi.
Loyihaning 1chi yilida (Sentabr 2007 - Avgust 2008) CAD/CAE/CAM sistemasi bo’yicha magistratura programmasini shakllantirish rejalashtirilgan. Bunda ushbu programma uchun 12 ta kurs-darslarining o’quv materiallari, hususan, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, o’quv rejalari, va x.k.lar to’liq shakllantiriladi. Shu davrda mashina sistemalarini modellashtirish bo’yicha o’quv va ilmiy laboratoriyalar ТAYIda yaratiladi va kerakli qurilmalar, dasturiy ta’minotlar olinadi.
Loyihaning qolgan ikki yili davomida shu magistratura dasturiga talabalar konkurs asosida qabul qilinadi va ularga yaratilgan dasturlar asosida bilim beriladi. Ushbu magistratura dasturiga talabalar 2008 o’quv yilida qabul qilinadi va birinchi o’quv yilida eng yaxshi natijaga erishgan beshta talaba Yevropaga, hususan, Qirollik Тexnologiya Instituti- Shvetsiya va Тurin Politexnika Instituti - Italiyaga o’qishga jo’natiladi. Dasturda, nazarda tutilgan o’quv fanlarining asosiy qismi Ingliz tilida olib boriladi.
Тalabalarga talablar: muxandislik yo’nalishida bakalavr darajasiga ega bo’lishi, asosiy soxa fanlarini yaxshi o’zlashtirganligi va Ingliz tilini bilishi talab etiladi.