English O'zbekcha

MENyU

 

If you want to make good use of your time, you've got to know what's most important and then give it all you've got.
Lee Iacocca

vaqt



Saytga murojat



     
   
     

Untitled Document

Bizning ishlar


Iyun oyining 14 va 15 kunlari Toshkent Avtomobil Yo'llari Instituti va Jizzax Politexnika Institutida Tempus loyihasi - " CAD/CAE/CAM va Komputer yordamida modellashtirish bo'yicha magistratura programmasini yaratish" ning  yakuniy xulosalari bo'yicha ko'rgazma bo'lib o'tdi. Bu ko'rgazmaga Uzbekiston, Shvetsiya,  AQSH ning 10 dan ortiq universitetlaridan va MHSSE, NTO Tempus va TACIS UzBURO CASE dan mutaxasislar tashrif buyurishdi.


2010 yil, 23 mart- 28 may. Bizning loyihada o'qiyotgan eng sara talabalar Shvetsiyaning Qirollik Texnologiya Inistitutida!

Bu talabalar QTI da bir qancha yangi kurslar va loyiha ishlariga qatnashib, o'z bilimlarini yanada oshirmoqdalar va shu bilan birga o'zlarining magisterlik ishlari bo'yicha tadbiqlar qilmoqdalar.
Azizbek Sarmonov va Zafar Tadjiev “Production Engineering” va “NADA” kafedralarida professorlar bilan birga ishlamoqdalar, “Design and product realization – manufacturing” kursini o'qimoqdallar.
Abduvohid Yunusov va G'olib Sharipov “Aeronautical and Vehicle engineering” kafedrasida bir qancha professorlar bilan birgalikda laboratoriya ishlari va izlanishlar olib bormoqdalar.


2009 yil 4 dekabr. TATU da "Erishilgan natijalar va CD_JEP 26123-2005 loyihasida o'rganilgan fanlar" bo'yicha loyiha kordinatori, Texnika fanlar nomzodi Eshkabilovning ma'ruzasi bo'lib o'tdi. Maru'za "Uzbekistanda Tempus Ma'lumotlar Kuni" mobaynida tashkillashtirildi.

Ko'chirib olish uchun linkni bosing.

*.ppt file
*.rar file

 


2009 yil 12 noyabr. TAYI Axborot Texnologiyalari markazi professor o'qituvchilari va ilmiy xodimlari uchun CAD/CAM/CAE rivojlanish asosi bo'yicha seminar tashkillashtirildi. Seminar texnika fanlar nomzodi Doktor Sulaymon Eshkabilov tomonidan olib borildi.

.


2009 yil 24 aprel - 5 may. PdT Avtomatika va Informatika kafedrasi professori Giovanni Squillero "Oliy dasturlash" bo'yicha dars olib bordi.

.


2009- yil 12- 24 aprel. PdT Mexanika kafedrasi professori Andrea Tonoli "Mexatronika sistemasini modellashtirish" bo'yicha dars olib bordi.

.


2009 yil 30 - 03 aprel.  “CAD/CAE/CAM sistemasi bo’yicha magistratura programmasi” o`qituvchisi Dilmurod Saidov,  Jizzax Politexnika Instittutida (JizPi) " Solid Edge V20  programma kompleksida avtomatik loyixalash asoslari" bo'yicha dars olib bordi.


2009 yil 23 - 28 mart.  Jizzax Politexnika Instittuti (JizPi) da “Muhandislik masalalarini Matlab, Maple, va Excel dasturi yordamida hisoblash amallarini bajarish” o`qituvchisi Qutlimurotov Qudrat, dars olib bordi.


2009 yil 08 - 18 mart.  QTI (Shvetsiya) kafedrasi professori Johan Jansson "Chekli elementlar usuli " bo'yicha dars olib bordi.


2009 yil 08-26 fevral. PdT mexanika kafedrasi professori Jenkarlo Jenta "dinamik va boshqaruv" bo'yicha dars olib bordi.


2009 yil 20 yanvar- 03 fevral . QTI (Shvetsiya) Aeronavtika va transport mexanikasi kafedrasi professori Kjell Ahlin "titrash" bo'yicha dars olib bordi.


2009-yil 10-22 yanvar. QTI (Shvetsiya) Aeronavtika va transport mexanikasi kafedrasi professori Ulf Erik Karlsson "titrash" bo'yicha dars olib bordi.


2008 yil 09-16 dekabr. QТI (Shvetsiya), NADA kafedrasi muxandisi Karina Edlund "muxandislik masalalari uchun dasturlash" bo’yicha dars olib bordi.


2008 yil 20 noyabr. "QТI (Shvetsiya) da ta’lim va ilmiy izlanishlar" mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda prof Leannart Edsberg ma’ruza qildi, seminarda shuningdek QТI (Shvetsiya), NADA kafedrasida mavjud magistratura yo’nalishlari haqida ma’lumot berdi.


2008 yil 11 noyabr. QТI (Shvetsiya), NADA kafedrasi professori Leannart Edsberg " Differensial tenglamalarning sonli analizi" bo’yicha dars olib bormoqda.


2008-yil 23-24 Sentabr. Yevropa ittifoqining ТEMPUS dasturi doirasidagi – CD_JEP – 26 123 – 2005 «CAD/CAE/CAM sistemasi bo’yicha magistratura programmasini yaratish» loyihasi talabalariga, QТI (Shvetsiya) mexatronika kafedrasi professori Mats Hanson ning mexatronika fani bo’yicha qisqa kursi tashkil etildi. Shuningdek, shu kunlari QТI (Shvetsiya) professori Eva Engstrom “Mechanical Engineering programs at KTH” haqida ma’ruza o’qidi.


2008 yil 29 sentabr – 4 oktabr. QТI (Shvetsiya), NADA kafedrasi professori Michael Hanke “Muxandislik masalalarini hal etishda sonli usullardan foydalanish” bo’yicha 22 soatlik intensiv kursini olib bordi.


2008 yil 23-30 sentabr. QТI delegatsiyasi-professorlari va ekspertlari (prof. Mats Hanson, Mr. Lennart Johansson, Mrs. Eva Engstrom va Mr. Victor Kordas), O’zbekiston universitetlariga tashrif buyurishdi. Delegatsiya a’zolari Тoshkent Avotmobil –Yo’llari Institutiga, Тoshkent Davlat Тexnika Universitetiga, Тoshkent Irrigatsiya va Melloratsiya Institutiga, Jizzax Politexnika Instituti va Тoshkent Axborot Texnologiya Universitetining Urgench filialiga tashrif buyurishdi. Ular universitet administratsiya xodimlari va professor o’qituvchilari bilan uchrashdilar.


2008 yil 9 Sentabr. «CAD/CAE/CAM sistemasi bo’yicha magistratura programmasini yaratish» loyihasi talabalariga sonlar analizi, matematik modellashtirish va CAD/CAE tizimi bo’yicha darslar boshlandi. Ushbu darslar ТAYI va QТI professor o’qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

 

 

2008 yil 6 sentabr. Тoshkent Avtomobil Yo’llari Instituti va Jizzax Politexnika Instituti talabalari kompyuterda Amaliy Mexanika, Matematik loyihalash, Nazariy Mexanika, Logika, Materiallar qarshiligi, Kompyuter savodxonligi fanlardan test topshirdilar.




ТAYIda o’tkazilgan konferensiya mexmonlari
2007 yil 8 noyabr

Avtomobil sanoatini rivojlantirish, uning kelajagi, kuchli va nozik tomonlari mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Seminar Devid Bauner Qirollik Тexnologiyalari Instituti (QТI, Shvetsiya) ilmiy-tadqiqotchisi tomonidan olib borildi.
Seminar davomida quyidagi mavzular bo’yicha suhbatlashildi:

  • Uzbekistan as a sustainable, global actor
  • New Energy for vehicle engineering